page
Kayan “Yangi uyga oson yo‘l” dasturini yo‘lga qo‘ymoqda
01.07.2026
Kayan “Yangi uyga oson yo‘l” dasturini yo‘lga qo‘ymoqda

Kayan Development Mirador turar joy majmuasida bozor uchun yangi — “Yangi uyga oson yo‘l” dasturini ishga tushirmoqda. Dastur o‘z xonadoniga ega, ammo oilasi uchun kattaroq va qulayroq uyga ko‘chishni rejalashtirayotganlar uchun yaratilgan.

Oila kengayishi, farzandlar uchun alohida xonalar yoki shunchaki ko‘proq joyga ehtiyoj paydo bo‘lishi mumkin. Odatda yangi xonadon xarid qilish uchun avval mavjud uy-joyni sotishga to‘g‘ri keladi. “Yangi uyga oson yo‘l” esa bu jarayonni boshqacha tashkil etish imkonini beradi.

Dastur qanday ishlaydi?

20% — dastlabki to‘lov
↓
Qurilish davomida qulay oylik to‘lovlar
↓
Xonadon qiymatining 50% gacha qismi — qurilish yakunlanib, kadastr olingandan keyingi yakuniy to‘lov

Siz Mirador’dan o‘zingizga mos xonadonni tanlaysiz va uni xarid qilish shartlarini belgilab qo‘yasiz. Shu bilan birga, hozirgi xonadoningizda yashashda davom etasiz va uni sotishga shoshilishingiz shart emas.

Qurilish yakunlangach, mavjud xonadoningizni xotirjam sotish, yakuniy to‘lovni amalga oshirish va yangi uyga ko‘chib o‘tish mumkin. Bunda eski xonadonni sotish va yangisiga ko‘chish oralig‘ida vaqtinchalik turar joy izlashga hojat qolmaydi.

62 dan 100+ m² gacha oilaviy xonadonlar

“Yangi uyga oson yo‘l” dasturi Mirador’dagi 62 dan 100 m² dan ortiq maydondagi oilaviy xonadonlar uchun amal qiladi. Kichik oila uchun qulay rejalardan tortib, bir nechta yotoqxonali keng xonadonlargacha tanlash mumkin.

“Yangi uyga oson yo‘l” — yangi uyingiz sari qulay yo‘l: oilangiz hayotining keyingi bosqichi uchun mos xonadonni oldindan tanlash va ko‘chishga shoshilmasdan tayyorlanish imkoniyati.

Dastur shartlari haqida batafsil ma’lumot olish, Mirador’dan xonadon tanlash va individual to‘lov hisob-kitobini olish uchun Kayan Development savdo bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kompaniyaning boshqa yangiliklari
  • Mirador’ning ikkinchi bosqichi savdolari boshlanishi tez orada e’lon qilinadi
    12.11.2026
    Mirador’ning ikkinchi bosqichi savdolari boshlanishi tez orada e’lon qilinadi
    Birinchi bosqichda sotuvdagi xonadonlar deyarli qolmadi. Yaqin kunlarda ikkinchi bosqich savdolarining rasmiy boshlanish sanasi e’lon qilinadi.
    Batafsil oʻqish ico
  • Ofiyat shourumlari savdosi boshlandi
    09.11.2026
    Ofiyat shourumlari savdosi boshlandi
    Tayyor interyerga ega to‘rtta xonadon endi sotuvda. O‘zingizga ma’qulini tanlang va uzoq muddatga bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalaning.
    Batafsil oʻqish ico
Barcha yangiliklar