Ikkinchi qavatdagi savdo va ofis joylari savdosi boshlandi
Farg‘ona yo‘li ko‘chasining birinchi qatorida biznesingiz uchun 32–102 m² maydonlar. Joylar to‘liq ta’mirlangan holda topshiriladi. To‘lovni 2 yilgacha bo‘lib to‘lash mumkin.
Ofiyat qurilishi yakuniga yetmoqda. Shu munosabat bilan bo‘lib to‘lash dasturlarini bosqichma-bosqich yakunlashni boshlayapmiz. Xarid shartlari qanday o‘zgarishi va uzoq muddatga bo‘lib to‘lash imkoniyatidan qanday foydalanib qolish mumkinligini tushuntiramiz.
Kayan “Yangi uyga oson yo‘l” dasturini yo‘lga qo‘ymoqda
Mavjud xonadoningizni oldindan sotmasdan kattaroq uyga qanday ko‘chish mumkin? “Yangi uyga oson yo‘l” dasturi Mirador’dan yangi xonadonni hoziroq tanlash, uning qiymatining 50% gacha qismini esa qurilish yakunlangandan keyin to‘lash imkonini beradi.
Ofiyat’da birinchi navbatdagi uylarning fasad ishlari yakunlandi
Ofiyat’ning birinchi navbatdagi uylari o‘zining yakuniy me’moriy qiyofasiga ega bo‘ldi. Yirik formatli keramika, ventilyatsiyalanuvchi fasad va an’anaviy panjara motivlari — loyiha qanday amalga oshirilganini ko‘rsatamiz.
Mirador turar joy majmuasining savdo ofisi ochildi
Yangi Mirador qanday bo‘ladi va o‘zingizga mos xonadonni qanday tanlash mumkin? Savdo ofisi ochildi: bu yerda majmuaning me’moriy maketini ko‘rish, xonadon rejalari bilan tanishish va qulay xarid shartlarini tanlash mumkin.
Tayyor xonadon va to‘lov uchun besh yil — yangi uylar bozorida kam uchraydigan imkoniyat. Ofiyat’da kalitlarni hoziroq olish, kadastr tayyor bo‘lgach esa bo‘lib to‘lash muddati tugashini kutmasdan xonadonni o‘z nomingizga rasmiylashtirish mumkin.