Kayan Development yangi biznes-klassdagi Mirador turar joy majmuasining savdo ofisini ochdi. Endi loyiha bilan yaqindan tanishish mumkin: majmuaning batafsil me’moriy maketini ko‘rish, xonadon rejalarini o‘rganish hamda maslahatchi bilan birgalikda o‘zingizga mos xonadon va xarid shartlarini tanlash mumkin.
Mirador turli balandlikdagi turar joy bloklari, yopiq hudud va zamonaviy arxitekturaga ega majmua sifatida loyihalashtirilgan. Loyihada zamonaviy biznes-klassning asosiy jihatlari mujassam: avtomobillardan xoli yopiq hovli, zamonaviy obodonlashtirish, osma ventilyatsiyalanuvchi fasadlar, ikki qavatli yerosti parkingi, xolllar va umumiy foydalanish joylarining premium darajadagi bezagi.
Majmuada rezidentlar klubi ham tashkil etiladi. Unda yil davomida foydalanish mumkin bo‘lgan umumiy hududlar — mehmonlarni qabul qilish zali, bolalar uchun yopiq o‘yin xonasi va fitnes-rum ko‘zda tutilgan.
Mirador’da xonadonlarning rejalashtirish yechimlariga alohida e’tibor qaratilgan. Majmuada 26 m² dan 100 m² dan ortiq maydongacha bo‘lgan xonadonlar — ixcham variantlardan tortib, bir nechta yotoqxonali keng oilaviy xonadonlargacha taqdim etiladi.
Yevroformatdagi rejalarga alohida e’tibor berilgan. Oshxona va mehmonxona yagona makonda birlashtirilishi xonadon maydonidan samaraliroq foydalanish imkonini beradi: oila har kuni foydalanadigan joylarga ko‘proq maydon ajratilib, koridor va boshqa yordamchi hududlar qisqartiriladi. Rejalarning xilma-xilligi esa turli tarkibdagi oilalar va turli hayot tarziga mos xonadon tanlash imkonini beradi.
Loyihada katta derazali va terrasalarga ega xonadonlar ham mavjud.

Savdo ofisining markaziy qismini Mirador’ning batafsil me’moriy maketi egallaydi. Unda turar joy bloklarining joylashuvi, yopiq hovli, terrasalar va boshqa me’moriy yechimlarni ko‘rish, kelajakdagi majmuaning ko‘lami va tuzilishini yaxshiroq tasavvur qilish mumkin.
Shuningdek, savdo ofisida amaldagi narxlar va bo‘lib to‘lash shartlari haqida ma’lumot olish hamda individual to‘lov hisob-kitobini tayyorlatish mumkin.
Mirador savdo ofisi har kuni soat 09:00 dan 20:00 gacha Farg‘ona yo‘li, 52 manzilida ishlaydi.
