Tayyor binoning ikkinchi qavatidagi savdo va ofis joylarini sotuvga chiqardik. Maydonlar 32 m² dan 102 m² gacha. Har biri to‘liq ta’mirlangan holda topshiriladi — biznesingizni yo‘lga qo‘yishga tezroq kirishishingiz mumkin.


Bu yerda go‘zallik saloni, barbershop, yoga studiyasi yoki shourum ochish, jamoangiz va mijozlar bilan uchrashuvlar uchun qulay ofis tashkil etish mumkin.
Farg‘ona yo‘li ko‘chasining birinchi qatorida joylashuvning asosiy afzalligi — piyodalar va avtomobillarning faol oqimi. Yaqin atrofdagi bekatdan ko‘plab jamoat transporti yo‘nalishlari o‘tadi. Bu mijozlar va xodimlarga shaharning turli hududlaridan yetib kelish uchun qulaylik yaratadi.
2 yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Batafsil ma’lumot olish va biznesingizga mos joyni tanlash uchun savdo bo‘limimizga murojaat qiling.
