Mirador — Mirobod tumanidagi zamonaviy biznes-klass turar joy majmuasi. Loyiha ilk bor shu yilning mart oyida xaridorlarga taqdim etilgan.
Savdolar boshlanganidan yarim yil o‘tib, birinchi bosqichda sotuvdagi xonadonlar deyarli qolmadi. Hozir ikkinchi bosqichni sotuvga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Savdolarning rasmiy boshlanish sanasi yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi.
Ikkinchi bosqichda xonadon rejalarining keng tanlovi taqdim etiladi. Ular orasida xaridorlarga ma’qul bo‘lgan variantlar ham, yangi yechimlar ham bor: ixcham xonadonlardan tortib, katta oilalar uchun keng xonadonlargacha. Barchasida makondan oqilona foydalanish va kundalik qulaylik hisobga olingan. Har bir oila o‘z ehtiyojlari, odatlari va turmush tarziga mos variantni tanlashi mumkin.
Savdolar boshlanishidan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun e’lonlarni kuzatib boring.