Mirador’da ikkinchi qavatgacha bo‘lgan monolit ishlar yakunlandi
16.10.2026
Mirador qurilish maydonida poydevor ishlari to‘liq bajarilib, ikkita yerosti hamda birinchi va ikkinchi yerusti qavatlarining monolit konstruksiyalari qurib bitkazildi. Har bir bosqich bilan bo‘lajak uyning qiyofasi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Qurilish loyiha hujjatlari va xavfsizlik me’yorlariga, jumladan, binoning zilzilabardoshligiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq olib borilmoqda.
Yangiliklarimizni kuzatib boring — Mirador qurilishining keyingi bosqichlarini ham siz bilan bo‘lishamiz.
Suratda uchinchi qavat sathida yuqoriga chiqarib qoldirilgan armatura uchlari ko‘rinib turibdi. Ular qurib bitkazilgan devorlarni kelgusi qavatlarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari bilan bog‘lash uchun mo‘ljallangan.Qalinligi 400 mm bo‘lgan yuk ko‘taruvchi devorlar va bikrlik diafragmalari binoning mustahkamligi va barqarorligini ta’minlaydi.Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning loyihadagi shakli va o‘lchamlarini aniq saqlash uchun qurilishda yangi qoliplardan foydalanilmoqda.
Kompaniyaning boshqa yangiliklari
12.11.2026
Mirador’ning ikkinchi bosqichi savdolari boshlanishi tez orada e’lon qilinadi
Birinchi bosqichda sotuvdagi xonadonlar deyarli qolmadi. Yaqin kunlarda ikkinchi bosqich savdolarining rasmiy boshlanish sanasi e’lon qilinadi.